Eronning raketa omborlarining katta qismiga zarar yetdimi?
Isroil va Qo‘shma Shtatlar hujumlaridan keyin Islom Respublikasining raketa arsenalining katta qismi saqlanib qolgan.
Bu haqda Fars axborot agentligi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tayanib xabar tarqatmoqda.
"Eronning ko‘plab raketa omborlari bugungi kungacha harbiy harakatlar ta’siriga uchramagan", deb ta’kidladi IIQK rasmiylari.
Bundan tashqari, harbiy rahbariyat Tehron hozirda asosan "taxminan 10 yil oldin ishlab chiqarilgan" o‘q-dorilardan zarbalar uchun foydalanayotganini, 2025 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilgan raketalarning asosiy qismi esa, ularning ta’kidlashicha, "ishlatilmaganligicha qolmoqda".
IIQK shuningdek, AQShning to‘rtta bazasiga dron, ballistik va kruiz raketalari bilan hujum qilganini da’vo qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, nishonlar Quvaytdagi Ali as-Salem va Al-Adiri aviabazalari, BAAdagi Ad-Dhafra va Bahrayndagi Shayx Iso aviabazalarini o‘z ichiga olgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Natijada, Oliy rahbar Ali Xomanaiy va bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Shundan so‘ng, Eron nafaqat Isroilda, balki AQSh va ittifoqdosh davlatlarning harbiy bazalari joylashgan mamlakatlar: Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi nishonlarga ham zarba bera boshladi.
