Misr tashqi ishlar vaziri Eronning Fors ko‘rfazi davlatlariga uyushtirgan hujumlarini qoraladi
Eronning Fors ko‘rfazi arab davlatlariga qarshi hujumlari uchun hech qanday asos yo‘q va diplomatik vakolatxonalarga qilingan hujumlar barcha xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Bu haqda Misr Tashqi ishlar vazirligi rahbari Badr Abdul Atti BAAda amirlik hamkasbi Abdulloh bin Zayd al-Nahyan bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Misr Eronning Fors ko‘rfazi davlatlari hududlariga qarshi hujumlarini, shuningdek, o‘tgan hafta Erbildagi BAA konsulligiga qilingan takroriy hujumni qattiq qoralaydi. Bunday harakatlar barcha xalqaro huquqiy normalarni buzish hisoblanadi va hech qanday asosga ega emas", dedi Misr vaziri.
Bundan tashqari, Misr tashqi ishlar vaziri Qohira Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi hujumlarni darhol to‘xtatishni talab qilayotganini ta’kidladi va Abu-Dabiga bu tahdidlarga qarshi kurashishda o‘zini tutgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladi. Natijada Oliy rahbar Ali Xomanaiy va bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Shundan so‘ng, Eron nafaqat Isroilda, balki AQSh va ittifoqdosh davlatlarning harbiy bazalari joylashgan mamlakatlar: Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi nishonlarga ham zarba bera boshladi.
