Prezidentning 5 tashabbusi haqida she’r o‘qigan qizchaga «Kobalt» avtomobili topshirildi

Prezidentning 5 tashabbusi haqida she’r o‘qigan qizchaga «Kobalt» avtomobili topshirildi

Xabaringiz bor, joriy yil 1 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlatimiz rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog‘ida hududda joylashgan 27-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova o‘zining «5 tashabbus» deb nomlangan she’rini o‘qib bergan edi.

Ayni paytda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga prezident sovg‘asi – «Kobalt» avtomobili topshirildi. 19-Bolalar musiqa va san’at maktabiga «Isuzu» avtobusi berildi.

Prezident sovg‘asini Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!