Prezident qarori: “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti tashkil etildi

A A A
Prezident qarori: “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

zamonaviy innovasion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan
va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llagan holda, turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq sifatli tayyorlashni ta’minlash;

ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qilish;

turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizasiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning innovasion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;

istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy ta’lim muassasalariga
va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada o‘qishga muntazam ravishda yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish;

ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integrasiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;

turizm sohasi sub’ektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni
va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

turistik faoliyatni va turizm sohasida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish;

etakchi respublika va xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning mutaxassis hamda ekspertlarini o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.

Belgilab qo‘yilishicha:

Universitet oliy ta’lim muassasasi – yuridik shaxs shaklidagi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha tasarrufidagi pul mablag‘lari va mol-mulk bilan javob beradi;

Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik va ta’lim jarayonini yuritish ilg‘or innovasion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ta’minlanadi;

Universitet O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi ayni vaqtda Universitetning bosh menejeri hisoblanadi;

Universitet rektori Universitet professor-o‘qituvchilarining tarkibi to‘liq shakllantirilgunga qadar Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan saylanadi, keyinchalik esa Universitet ustavida belgilanadigan tartibda professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan yopiq ovoz berish orqali saylanadi;

Universitetda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi qo‘llaniladi;

Universitetda o‘qish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda ikkita chet tili: birinchisi – ingliz (fransuz, nemis) tili, ikkinchisi – Shanxay hamkorlik tashkilotining rasmiy tillaridan (rus, xitoy) biri o‘qitiladi;

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.

2018/2019 o‘quv yilida Universitet bakalavriatiga qabul qilish kvotasi ta’lim yo‘nalishlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq oshirilgan kontrakt stavkalari bo‘yicha qo‘shimcha qabul qilish imkoniyati bilan, 125 kishi, jumladan, davlat grantlariga ko‘ra 42 kishi etib belgilandi.

Belgilab qo‘yilishicha:

a) 2018/2019 o‘quv yilida Universitetga abituriyentlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;

b) abituriyentlarni, chet el fuqarolari bundan mustasno, Universitet bakalavriatiga qabul qilish test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;

v) chet el fuqarolari Universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat o‘tkazish orqali to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;

g) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

Universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;

ilg‘or, e’tirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball beriladi va kelgusida ular ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlaridan ozod qilinadi;

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil qilish va boshqarish” hamda “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistraturaga qabul tugatiladi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Abduqodir Husanov «Bernli»ga qarshi qanday o‘ynadi? (video)

«Шаҳарликлар»нинг 1:0 ҳисобидаги ғалабаси билан якунланган баҳсда ўзбекистонлик ҳимоячи майдондаги энг фаол ўйинчилардан бири бўлди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiolaning rejalari buzilib ketdi

АПЛ тақвимидаги ўзгаришлар «Манчестер Сити»нинг ғазабини қўзитиб юборди.

Fransiya prezidenti «PSJ» – «Bavariya» uchrashuvining aniq hisobini aytdi

Бугун, 28 апрель куни «ПСЖ» Чемпионлар лигаси ярим финали доирасида ўз майдонида Мюнхеннинг «Бавария» жамоасини қабул қилади.

Polsha–Belarus almashinuvi: Ukraina hayratda, Polshada esa bayram

BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Айблов тафсилотлари ва тергов жараёни расман ошкор этилмаяпти. Манбаларга кўра, иш “75 мактуб” деб аталган мурожаат билан боғлиқ.

Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirdi

Китобда ёзилишича, Зеленский Моравецкийга Шольц ва Макрон унга мунтазам қўнғироқ қилаётганини айтган.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.