Prezident koronavirusdan hech kim o‘lmasligini aytdi. Ammo...

Prezident koronavirusdan hech kim o‘lmasligini aytdi. Ammo...

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda hech kim koronavirusdan o‘lmasligiga va’da berdi. 

"Xavotir olishmasin. Mamlakatimizda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi. Bu haqda omma oldida aytaman. Bunga qat’iy ishonaman. Odamlar qo‘rqyapti. Shuning uchun ularga aytmoqchiman: mamlakatimizda birorta ham inson koronavirusdan o‘lgani yo‘q. Birorta ham! Ular o‘zlarida aniqlangan "surunkali kasalliklar guldastasi"dan o‘ldi”, dedi u.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, odamlar yurak va o‘pka yetishmovchiligi, qandli diabetdan vafot etmoqda.

“Yana shunday tashxislar borki, hatto o‘qishga qiynalaman. Bunga koronavirus ham qo‘shilyapti», — dedi Belarus prezidenti.

U Minsk koronavirusga qarshi xalqaro tajribadan kelib chiqayotganligini aytdi. Lukashenkoning bildirishicha, belarus shifokorlarida koronavirusni davolash uchun dorilar jamlanmasi mavjud.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar 2578 kishini tashkil etadi, 26 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!