Poytaxtimizda 134 ta oilaviy korxona yangi tashkil etildi

Poytaxtimizda 134 ta oilaviy korxona yangi tashkil etildi

Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar soni yildan-yilga sezilarli ravishda oshib bormoqda.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra 3 752 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104 taga yoki 2,9 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 3 552 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118 taga yoki 3,5 foizga oshganligan. Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning tumanlar kesimidagi soni 2022 - yil 1 - aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘pi Olmazor tumanida 493 tani tashkil etdi. Eng kami 108 ta bilan Bektemir tumanida.

Shuni alohida aytish lozimki, 2022 - yilning yanvar - mart oyilarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 134 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 taga yoki 6,3 foizga kamayganini ko‘rish mumkin.

Feruza Xujayeva,

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!