Poytaxt kengashi Ortiqxo‘jayevni senatorlikdan olish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin

Poytaxt kengashi Ortiqxo‘jayevni senatorlikdan olish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin

Toshkentning hokimi vazifasini bajarayotgan B.Raxmonov deputatlarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasiga chaqirish haqida qaror qabul qilgan.

Unda Ortiqxo‘jayevning senatorlik va deputatlik rutbalari ko‘rib chiqilishi mumkin.

“Deputatlar ixtiyoriga Toshkent shahar hokimining shaharni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish holati, 2022 yilgi davlat dasturi ijrosi, mahalliy byudjetning 2023 yildagi qo‘shimcha manbalarini harajatlarga yo‘naltirish haqidagi masalalar bilan birga ochiqlanmagan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilishi taklif etilgan.

Katta ehtimol bilan kun tartibidagi boshqa masalalar qismida deputatlar sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning Kengash raisligi, deputatligi va daxlsizligi masalalarini ko‘rib chiqadi”, deb yozadi Rasul Kusherbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!