Polsha mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda

Polsha mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda

Polsha Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z yalpi ichki mahsulotining 4 foizini mudofaaga sarflamoqchi. O‘tgan yili bu xarajatlar 2,42 foiz tashkil qilgan edi.

"Ehtimol, bu barcha NATO davlatlari orasida armiyaga ajratiladigan mablag‘larning eng yuqori foizi bo‘ladi", — deya ta’kidladi Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy.

U shuningdek, F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishga tayyorligini, ammo bu faqat NATO bilan to‘liq muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin ekanligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!