Pokiston Islom Respublikasi bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi

 Pokiston Islom Respublikasi bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–45-son, 06.02.2023 y.) qabul qilindi.

📁 Qarorga muvofiq, O‘zbekistan bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.

☑️ Mazkur bitim 2022 yil 3 martda Islomobod shahrida imzolangan.

🏢 Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

⚠️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!