Pogba nega aynan islom dinini qabul qilganini aytdi

Pogba nega aynan islom dinini qabul qilganini aytdi

"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba nima uchun musulmon bo‘lganini, uning e’tiqodi nimani anglatishini aytdi. Bu haqda "Daily Mail" yozmoqda.

"Bu menga ko‘p narsani tushunishga, xotirjam bo‘lishga yordam beradi. Men musulmon oilada tug‘ilmaganman.

Islom — terrorizm emas. Bu juda chiroyli va insonga rohat bag‘ishlovchi e’tiqod.

Mening juda ko‘p musulmon do‘stlarim bor, doim ular bilan suhbatlashib turamiz. Ulardan bir nechta savollarimga javob topdim. Ular bilan birga ibodat qildim va o‘zim uchun yangi olamni kashf etdim, musulmon bo‘ldim", — dedi Pogba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!