Plastik kartadan kompyuter tizimi orqali 5.771.784 so‘m pullarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga tushdi

Plastik kartadan kompyuter tizimi orqali 5.771.784 so‘m pullarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga tushdi

Qo‘shtepa tumanida fuqaro T.U IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 9 mart kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasi hisobida bo‘lgan 5.771.784 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.H ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!