Pentagon Ukrainaga zamonaviy tanklar yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali xodimiga tayanib, The New York Times nashri xabar berdi.
“Hozir kun tartibida boshqa masalalar qatori tanklar ham bor. Biz vaziyatni o‘rganyapmiz va kelajak uchun ularga (Ukraina harbiylariga ) qanday qurol va harbiy texnika kerak bo‘lishini va AQSh va ittifoqchilarimiz Ukrainaga ushbu mablag‘larni olishda qanday yordam berishini rejalashtirmoqdamiz", dedi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Pentagon Kiyevga uzoq muddatli yordam ko‘rsatish yo‘llarini muhokama qilmoqda, bunda Ukrainani NATO qo‘llayotgan zamonaviy qurollar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 675 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratishni ma’qullagan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.