“Paxtakor” metro bekatida keksa ayol temir yo‘l izlariga yiqilib tushdi

“Paxtakor” metro bekatida keksa ayol temir yo‘l izlariga yiqilib tushdi

Bugun, 11 iyul kuni taxminan soat 16:00 da “Paxtakor” metro bekatida 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro K.V. temir yo‘l izlariga yiqilib tushgan.

“Toshkent metropoliteni” UK xabariga ko‘ra, stansiya xodimlarining tezkor xatti-harakatlari oqibatida keksa ayol platformaga hech qanday jarohatlarsiz olib chiqilgan. U o‘zini metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini ta’kidlagan.

Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan.

Toshkent metropoliteni” O‘zbekiston sinoptiklarining ogohlantirishlarini hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan ehtiyot bo‘lishini va organizmning haddan tashqari qizib ketishiga kerakli choralar ko‘rishlarini so‘ragan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!