Oxirgi 5 oyda Turkiya chegarasiga qariyb 200 ming suriyalik yaqinlashdi

Oxirgi 5 oyda Turkiya chegarasiga qariyb 200 ming suriyalik yaqinlashdi

Suriyaning Idlib viloyatida hukumat kuchlari amalga oshirayotgan hujumlar va aviazarbalar natijasida oxirgi besh oyda qariyb 200 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Tinch aholi Turkiya bilan chegarada joylashgan lagerlarga qochishiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, so‘nggi bir yarim oyi ichida Idlib va Hama shaharlarini 122 488 kishi tashlab chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi urush 2011 yilning martida, norozilik namoyishlari qurolli nizoga aylanganidan keyin boshlangan edi. Millionlab suriyalik jon saqlash maqsadida uylarini va vatanlarini tark etdi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!