"Otam bizni 6 oydan beri zo‘rlaydi": qizlar otasining ustidan shikoyat qildi
Ufada sud qizlari tomonidan zo‘rlashda ayblangan, ammo keyin so‘zlaridan qaytgan ko‘p bolali mahalliy fuqaro Rashid Garifullinga hukm chiqardi.
Erkak qattiq rejimdagi koloniyada besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchining turmush o‘rtog‘i 19 yoshli qiziga pichoq bilan tashlanganidan keyin polisiyani chaqirgan. Uchastkaga kelgan qiz uni o‘z otasi zo‘rlaganligini aytdi. Bundan tashqari, erkak eng kichik 15 yoshli qizining nomusiga tekkanlikda va u bilan olti oy davomida yaqin munosabatda bo‘lganlikda ayblanmoqda. To‘ng‘ich qizning so‘zlariga ko‘ra, otasi bu ish kimgadir ma’lum bo‘lib qolsa, qotillik bilan qo‘rqitgan.
Ona bu fojiani eshitganidan so‘ng polisiyaga eri ustidan ariza yozdi. Ayolga har doim erining qizlari bilan xonada qolishi g‘alati tuyulardi. Biroq, otasi tunni farzandlari bilan o‘tkazish huquqiga ega ekanligini da’vo qilardi.
Garifullin hibsga olingan va keyinchalik uning o‘zi voyaga yetmagan kenja qizi bilan yaqin munosabatda bo‘lganligini tan olgan. Biroq, ekspertiza qizning bokiraligini tasdiqladi. Biroz vaqt o‘tgach, opa-singillar tergovga zo‘rlash haqidagi da’volari to‘qib chiqarilganini aytishdi.
Er-xotinning to‘rt qizi bor, ulardan biri nogiron. Shuningdek, oila boshlig‘i ham qo‘lidan ayrilgan. Oila nogironlik nafaqasi evaziga yashaydi.