Osiyoning eng badavlat ayolining boyligi 11 mlrd dollarga tushdi

Osiyoning eng badavlat ayolining boyligi 11 mlrd dollarga tushdi

Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Osiyoning eng badavlat ayoli Yan Xueyyanning boyligi qariyb 24 mlrd dollardan 11 mlrd dollarga tushdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda

Xabarda ta’kidlanishicha, Xitoyda joriy yil mulk inqirozi kuchayib borayotgani sabab bo‘lgan, chunki 41 yoshli milliarder mamlakatning savdo bo‘yicha eng yirik ko‘chmas mulk ishlab chiqaruvchisi Country Garden Holdings’ni boshqaradi.

Uy narxlarining tushishi, xaridorlarga bo‘lgan talabning zaiflashishi va yirik ishlab chiqaruvchilarni qamrab olgan qarz defolti sababli Country Garden aksiyalari bu yil o‘z qiymatining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi.

Yanning ulushi asosan 1992 yilda Guangdong provinsiyasining Foshan shahrida kompaniyaga asos solgan otasi Yan Gosyandan meros bo‘lib qolgan

Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Yan boyligining yarmidan ko‘pini yo‘qotganiga qaramay, Osiyodagi eng badavlat ayol bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!