Osiyo kubogi-2023. Tojikiston pley-offga chiqdi, Xitoy esa...

Osiyo kubogi-2023. Tojikiston pley-offga chiqdi, Xitoy esa...

Osiyo kubogining "A" guruhidan o‘rin olgan jamoalar 3-tur bahslarini o‘tkazishdi.

Mezbon Qatar Xitoyga qarshi maydonga chiqib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Natijada Qatar 9 ochko jamg‘argan bo‘lsa, xitoylik katta ehtimol bilan uyga qaytishadi.

Tojikiston-Livan o‘yini esa hissiyotlarga boy bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Bassel Jradiy ajoyib zarba bilan livanliklarni oldinga olib chiqdi. Livan futbolchisi Qossim az-Zayn qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatildi.

Qo‘shnilarimiz 80-daqiqada Umarboyev tomonidan jarimadan yo‘llangan zarba natijasida hisobni tenglashtirishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Nuriddin Hamroqulov bosh bilanraqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Hakam ikkinchi bo‘limga naq 16 daqiqa qo‘shib berdi. Livan bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga qaramay, oldinga tashlandi. Ular bir nechta vaziyatlarga ega bo‘lishdi, ammo ulardan foydalana olishmadi. Tojikiston ham imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!