Osiyo Kubogi—2019. Janubiy Koreya Qirg‘izistonni mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi

Osiyo Kubogi—2019. Janubiy Koreya Qirg‘izistonni mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi

11 yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining C guruhidagi ikkinchi bellashuv ham yakuniga yetdi.

Unda Qirg‘iziston terma jamoasi Janubiy Koreya termasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 41-daqiqada kiritildi. Ushbu golga Janubiy Koreya termasi himoyachisi Min-Jae Kim mualliflik qildi.

Shu tariqa Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqa guruh bosqichining 2-turida ham g‘alaba qozongan holda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!