Oqlangan fuqaro foydasiga 474 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi

Oqlangan fuqaro foydasiga 474 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi uning hududiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Joriy yilining o‘tgan davrida ilgari sud qarori bilan asossiz sudlangan fuqaroning buzilgan huquqlari tiklab berildi.

Jumladan, fuqaro R.Fayzullayevga ilgari sodir etmagan jinoyati uchun 4 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanib, unga go‘yoki yetkazgan zararini qoplash uchun pul mablag‘lari to‘latilgan. Lekin, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining qarori bilan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan jazodan ozod etilib oqlangan.

Shunga asosan, Jinoyat ishlar buyicha Shumanay tuman sudi tomonidan 14.11.2023 yilda R.Fayzullayev tomonidan zarar sifatida to‘langan 474 769 079 so‘m pul mablag‘larini “Qaraqalpaq Agroservis MTP” MCHJdan undirish haqida ajrim chiqarilgan. Ushbu sud hujjati Byuroning Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga 10.01.2024 yili kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Byuroning Nukus shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning bank xisob raqamlari xatlovga olinib, undirilishi lozim bo‘lgan 474 769 079 so‘m pul mablag‘lari undiruvchi R.Fayzullayev foydasiga “Qaraqalpaq Agroservis MTP” MCHJning bank xisob raqamidan 05.02.2024 yili to‘lig‘i bilan majburiy tartibda undirib berilgan va fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!