🔴 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining Ta’lim tashkilotlarini lisenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi nufuzli nodavlat oliy ta’lim muassasasining Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan lisenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga mazkur universitetning mansabdor shaxsidan 100 ming AQSh dollari talab qiladi.
❗️ Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, vazirlikning yetakchi mutaxassisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
📞 Hurmatli fuqarolar kundalik hayotda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.