AQSH, Xitoy, Singapur va Shvesiya olimlari sun’iy intellekt yordamida haroratni pasaytiradigan innovasion bo‘yoq formulasini yaratdi. Bu modda uy va binolarni an’anaviy bo‘yoqlarga qaraganda sezilarli darajada salqin saqlaydi.
«Nature»jurnalida yozilishicha, yangi texnologiya xonaning ichki haroratini 5-20°C gacha past darajada ushlab tura oladi. Bu esa energiya sarfini kamaytirish hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda foydali vosita bo‘lishi mumkin.
Loyiha mualliflaridan biri, Texas universiteti professori YuYEbin Chjenning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt tadqiqotga inqilobiy ta’sir ko‘rsatib, butun jarayonni tezlashtirgan. «Oylar davomida rejalashtirilgan ishlar sun’iy intellekt yordamida bor-yo‘g‘i bir necha kun ichida amalga oshdi», — deydi professor.
Bo‘yoq tarkibida nanofotonik va meta materiallardan foydalanilgan bo‘lib, ular quyosh nurini aks ettirib, issiqlikni binodan uzoqlashtiradi. Ixtiro kelgusida qurilish, shaharsozlik va iqlim nazorati sohalarida keng qo‘llanilishi mumkin.
Hozircha mahsulot bozorga chiqarilmagan bo‘lsa-da, u yuqori samaradorlik va ekologik foydasi bilan ilmiy doiralarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.