OAV: Isroil armiyasi 7-oktabr voqealarida «Gannibal protokoli»dan foydalangan

OAV: Isroil armiyasi 7-oktabr voqealarida «Gannibal protokoli»dan foydalangan

7-oktabr voqealari chog‘ida Isroil armiyasi G‘azo sektori bilan chegaradagi harbiy ob’ektlar va nazorat-o‘tkazish punktlarida «Gannibal protokoli»ni amalga oshirdi.

Bu haqda Isroilning Haaretz gazetasi o‘z ixtiyoridagi isroillik harbiylarning hujjatlar va bayonotlariga tayanib xabar berdi.

«Bizda bunday hujum sodir bo‘lgan taqdirda rejamiz yo‘q edi, chunki biz buni dahshatli tushda ham tasavvur qila olmadik», — deya isroillik harbiyning so‘zlarini keltiradi nashr.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «hech kim 7-oktabr kuni qancha odam o‘g‘irlab ketilgani va o‘sha paytda Isroil kuchlari qayerda bo‘lganligi haqida zarracha tasavvur ham yo‘q edi».

Xabar qilinishicha, 7 oktabr kuni ertalab Erez nazorat-o‘tkazish punktida (Beyt Xanun) isroillik askarlarning o‘g‘irlab ketilgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, chegara o‘tkazish punkti va harbiy postga uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum qilish haqida bir necha bor buyruq berilgan.

Gazetaning yozishicha, 7 oktabr kuni ertalab Reim va Nahal O‘z harbiy nazorat punktlarida «Gannibal protokoli» ham qo‘llangan. «Ushbu qarorlarni qabul qilganlar bizning hududdagi askarlarimiz jarohat olishi mumkinligini bilishgan», dedi Isroil armiyasining yuqori martabali amaldori.

«Gannibal protokoli» deb ataladigan narsaning ma’nosi shundan iboratki, armiya va xavfsizlik kuchlari harbiy xizmatchilar yoki tinch aholini qo‘lga olishning oldini olishga, buning uchun barcha mumkin bo‘lgan harakatlarni, shu jumladan asirga olingan shaxsning hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishga majburdir. Ushbu tartib 1986 yilda Isroil armiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2016 yilda Bosh shtab boshlig‘i Gadi Ayzenkot uni yangi operasion buyruq bilan almashtirishni buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!