OAV: Irlandiya ukrainalik qochqinlarni sport inshootlariga joylashtirishga qaror qildi

OAV: Irlandiya ukrainalik qochqinlarni sport inshootlariga joylashtirishga qaror qildi

Irlandiya sport departamenti sport tashkilotlariga Ukrainadan kelgan qochqinlarni joylashtirish iltimosi bilan murojaat qilganini tasdiqladi, deb xabar beradi RTE.

Avvalroq mahalliy OAVda Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun Irlandiyada yetarlicha joy yo‘qligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

O‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yaqin orada kamida 3500 nafar ukrainalik o‘quv yotoqxonalarini bo‘shatishga majbur bo‘lishi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Sport departamenti ukrainalik qochqinlarni qisqa muddatli joylashtirish uchun sport inshootlari mavjudligini bilish uchun sport tashkilotlari bilan aloqada bo‘lganini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!