NYT: Fransiya rasmiylari "Crocus City Hall" dagi voqealar tufayli Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari chog‘ida teraktlar sodir etilishidan xavfsiramoqda

NYT: Fransiya rasmiylari "Crocus City Hall" dagi voqealar tufayli Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari chog‘ida teraktlar sodir etilishidan xavfsiramoqda

"ISHID Rossiyadagi hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani va mamlakatimizga qilinayotgan tahdidlarni inobatga olib, biz Terror tahdididan ogohlantirish milliy tizimini eng yuqori darajasini joriy etishga qaror qildik", — deya ma’lum qildi Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror prezident Emmanuel Makron tomonidan mamlakat Mudofaa va Milliy xavfsizlik kengashining tegishli tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan.

The New York Times'ning manbalariga tayanib yozishicha, bu fikrga terror tahdidlari bilan shug‘ullanuvchi amerikalik va yevropalik ekspertlar ham qo‘shiladi.

G‘arb davlatlaridan birining ismi oshkor etilmagan razvedka xodimining so‘zlariga ko‘ra, Yevropada ISHIDning passiv tamog‘ining mavjudligi, G‘azo sektorida davom etayotgan mojaro va jangarilarning rusiyzabon shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kabi yangi teraktga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Parijda Olimpiada o‘yinlari joriy yilning 26 iyulidan 11 avgustigacha davrda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!