Nukusdagi bozorda yong‘in yuz berdi

Nukusdagi bozorda yong‘in yuz berdi

Bugun, 30 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi bozorda yong‘in sodir bo‘li. Holat yuzasidan Respublika FVV ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:50 da Nukus shahri «Amudaryo» MFYda joylashgan “Nukus dehqon bozori” AJga qarashli ochiq maydonda qurilishda foydalanishga mo‘ljallangan qamish va hashak presslari yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga yong‘in-qutqaruvchilar yetib borgan va yong‘in soat 18:30 da bartaraf etildi. Yong‘inni o‘chirishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!