Nukusda yo‘lovchi poyezdi o‘smirni bosib ketgani aks etgan video tarqaldi (video+18)

Nukusda yo‘lovchi poyezdi o‘smirni bosib ketgani aks etgan video tarqaldi (video+18)

2019 yil 5 yanvar kuni Nukusda qulog‘ida quloqchin bo‘lgan 17 yoshli o‘smirni poyezd bosib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Natijada, R.D. voqea joyida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu baxtsiz hodisaning videosi paydo bo‘ldi. Videoda temir yo‘lida poyezdga teskari qarab ketayotgan o‘smirga mashinistlar signal berib, ogohlantirishga harakat qilganini va poyezdni to‘xtatishga uringanini ko‘rish mumkin. Afsuski, bu urinishlar besamar ketgan.

Ushbu holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergov oldi so‘rishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!