Notanish ayolni zo‘rlagan 47 yoshli erkak qo‘lga olindi

Notanish ayolni zo‘rlagan 47 yoshli erkak qo‘lga olindi

Sevastopolda ayol kishini zo‘rlagan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda "Rossiya 1" va "Rossiya 24" efirida xabar berildi.

Hodisa 17 iyun kechasi bog‘dorchilik uyushmalaridan biri hududida sodir bo‘lgan. Erkak uyning derazasida yosh ayolni ko‘rgan va nomusiga tegishga qaror qilgan. So‘ng uyga kirib, jabrlanuvchini urib, uni zo‘rlagan.

Polisiya tezda jinoyatchining kimligini aniqladi. Bu shu yilning fevral oyida qamoqdan ozod qilingan 47 yoshli Sevastopol fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Ayni paytda unga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!