Norozilik bildirgan fermerlar traktorlarda Rim markazidan o‘tishdi

Norozilik bildirgan fermerlar traktorlarda Rim markazidan o‘tishdi

Italiyalik fermerlar norozilik aksiyasi doirasida Rim markazidan to‘rtta traktor kolonnasini haydab o‘tishdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan traktorlar Rimning bir qator asosiy diqqatga sazovor joylari yonidan o‘tib, oddiy o‘tkinchilar va ularning yo‘lida turgan fotomuxbirlarning e’tiborini tortdi.

Ular bu harakati bilan mamlakat hukumatini qishloq xo‘jaligi sohasi ahvolini yaxshilash bo‘yicha ularning talablarini tinglashga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!