Nissadagi teraktni uyushtirgan yigitning shaxsi ma’lum bo‘ldi
Fransiya va Italiya matbuoti Nissadagi cherkovga hujum qilgan yigitning bir oycha avval Tunisdan kelgani haqida yozmoqda.
Yigit 20 sentyabr kuni u Lampeduza oroliga yetib kelgan, 9 oktyabrda esa Italiyaning Bari shahridagi muhojirlarni vaqtinchalik saqlash markaziga jo‘natilgan. Hujum bo‘lgan kuni u Italiyadan Fransiyaga Qizil Xoch tomonidan berilgan hujjatlar bilan poyezdda kelgan.
Fransiya prokuraturasining aksilterror bo‘limi rahbari Jan-Fransua Rikardning so‘zlariga ko‘ra, videokameralar tunislikning Nissa temir yo‘l stansiyasida qanday qilib kiyim almashtirganini yozib olgan. Shundan so‘ng u sobor tomon piyoda ketgan.
Hibsga olish paytida bosqinchining yonidan 17 santimetrli pichoq, ikkita telefon va Qur’on Karim kitobi topilgan. U o‘qotar quroldan jarohat olgan va kasalxonaga qo‘riq ostida yuborilgan.
Hozirda Tunis hukumati Nissadagi teraktga ilgari noma’lum guruhning aloqalarini tekshirmoqda. RIA Novosti agentligining birinchi instansiya sudi matbuot xizmati rahbari Muhsin ad-Daliga tayanib yozishicha, "Prokuratura Nissadagi terroristik operasiya uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan "Tunis janubidagi Al-Mahdi "nomli tashkilot borligi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligi bo‘yicha tekshiruv boshlashga qaror qildi".
Ad-Dalining so‘zlariga ko‘ra, tergov ijtimoiy tarmoqlarda Fransiyaning Nissadagi teraktni ko‘rsatilgan guruh tomonidan uyushtirilganligi haqida e’lon qilinganidan keyin boshlangan.
Notr-Dam cherkoviga hujum qilgan yigitning ismi Ibrohim al-Auisaui. Nissa shahar hokimi yigit qo‘lga olingan paytda va undan oldin bir necha marta “Allohu Akbar” deb baqirgani haqida "Tvitter"da yozgan edi.