Nigeriyaning Plato shtatidagi hujumlarda kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Plato shtatidagi hujumlarda kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Mvagxavula Yoshlar Harakati rahbari Sunday Dankakaning jurnalistlarga aytishicha, chorvadorlar Mangu va Kuru hududlarida qurolli hujum uyushtirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum paytida 21 kishi halok bo‘lgan, ko‘pchilik jarohatlangan, mahalliy aholining uylari esa yonib ketgan.

Dankaka o‘nlab odamlar uylarini tark etishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.

Mangu viloyatida chorvadorlar va dehqonlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.

Joriy yilning yanvar oyida Mangu viloyatida yuz bergan to‘qnashuvlarda kamida 90 kishi, jumladan, bolalar va ayollar halok bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!