Niderlandiyada hayvondan odamga koronavirus yuqdi

Niderlandiyada hayvondan odamga koronavirus yuqdi

Niderlandiyadagi mo‘yna ishlab chiqarish fabrikasida norkadan odamga yangi turdagi koronavirus yuqish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri parlamentga yo‘llagan xatida ma’lum qildi.

Aprel oyida Shimoliy Brabant viloyatidagi 2 ta mo‘ynachilik fermasidagi norkalarda Covid-19 qayd etilgan. U yerda bunday hayvonlardan 20 minggi boqiladi. Fermer xo‘jaliklarining o‘zi mamlakatdagi Covid-19 tarqalish o‘chog‘ida joylashgan.

Hayvonlarda koronavirus alomatlari, jumladan nafas olish bilan bog‘liq muammolar va yuqori o‘lim darajasi kuzatilgan.

Shundan keyin hokimiyat ehtiyot choralari sifatida infeksiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qorakuzanlar va chiqindilarni fermadan tashqariga olib chiqish taqiqlangan, fermalar joylashgan hududlarga kirish yopilgan. Bundan tashqari, shifokorlar qorakuzanlar ko‘paytiriluvchi joylar yaqinida sayr qilmaslikni tavsiya qilishgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!