Nega O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish yana bir bor surildi?

Nega O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish yana bir bor surildi?

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026 yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezidentning yaqinda qabul qilingan qarorida aytilgan. Ilgari bu tadbir 2022 yilda o‘tkazilishi kerak edi, keyin esa 2023 yilga ko‘chirildi, ammo oxir-oqibat amalga oshmadi. 27 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Statistika agentligi vakili sabablarni aytib o‘tdi.

“Aholini ro‘yxatga olish boyicha 2019 yildan buyon tayyorgarlik ishlari boshlangan va davom etib kelyapti. 2021 yilda respublikamizning 4 ta hududida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazdik, bu jarayonda ro‘yxatga olishni 3 ta usulini sinab testdan o‘tkazdik», – deydi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov.

Unga ko‘ra, endi vazifa butun respublika bo‘ylab internetga ulangan planshetlar yordamida aholini ro‘yxatga olishdan iborat.

2020 yilda pandemiya bor edi, shuning uchun bu tadbir keyinga qoldirildi, dedi Berdiqulov. Unga ko‘ra, yangi rejalarga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish 2025-2026 yillarda o‘tkazilishi kerak. Agentlik vakili aholini ro‘yxatga olishning keyinga surilishining asosiy sabablari qatorida moliyaviy komponentni ham aytib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarayonni tashkil etish uchun 800 milliard so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinishi mumkin, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining yuqoridagi farmoni bilan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qator tashkiliy chora-tadbirlar belgilangan. Jarayonning mazmun-mohiyatini tushuntirish uchun Statistika agentligi tomonidan videoroliklar, bannerlar, flayer va bukletlar tayyorlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!