AQShdagi prezidentlik saylovlari arafasida Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida Alyaska shtatida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ushbu xabar Ukraina rahbariyati va Yevropada jiddiy xavotir uyg‘otdi. Ular muzokaralar Kiyev ishtirokisiz o‘tishi va Rossiya manfaatiga kelishuv tuzilishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.
Bu uchrashuv Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2007 yildan buyon AQShga birinchi bor tashrif buyurishi bo‘ladi. Rossiya rasmiylari Alyaskani uchrashuv joyi sifatida tanlashni “mantiqiy” deb baholadi — u Rossiyaga yaqin va Xalqaro jinoyat sudi ta’siridan tashqarida joylashgan. Bundan tashqari, u Ukraina va Yevropa ittifoqi mamlakatlaridan ancha uzoq, bu esa Tramp va Putinga faqat o‘zlari xohlagan formatda uchrashuv o‘tkazish imkonini beradi.
Avvalroq Tramp uchrashuvni Rimda o‘tkazishni taklif qilgan, Putin esa BAAni taklif etgandi. Biroq hozir ikki tomon Alyaskada kelishuvga keldi.
Kiyev uchrashuv paytida Ukraina manfaatlari inobatga olinmasligidan xavotirda. Xususan, Putinning so‘nggi taklifiga ko‘ra, Ukraina Donesk va Luganskning hali Kiyev nazoratida bo‘lgan hududlaridan, jumladan Kramatorskdan qo‘shinlarini olib chiqishi kerak. Evaziga Rossiya front chizig‘ini “muzlatishga” tayyor ekanligini bildirgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu taklifni qat’iyan rad etdi va bunday dedi:
«Ukraina o‘z hududlarini hech kimga bermaydi. Biz urushni toqat bilan to‘xtata olmaymiz. Kiyev ishtirokisiz tuzilgan har qanday kelishuv — amalga oshmaydigan, o‘lik hujjatdir.»
Uchrashuvga oid ma’lumotlar bir-biriga zid. AQSh rasmiylari avval Zelenskiy ham qatnashishi mumkinligini bildirgan, ammo Kreml buni rad etib, “bunday shartlar hali shakllanmagan” degan. Oq uy esa agar Zelenskiy qatnashmasa, uchrashuvni bekor qilish ehtimoli borligini bildirgandi. Biroq Tramp so‘nggi bayonotida Zelenskiy bo‘lmasa ham, Putin bilan uchrashaverajagini aytdi.
Hozircha noma’lum:
Zelenskiy uchrashuvga taklif etiladimi,
uchrashuv uch tomonlama bo‘ladimi yoki yo‘q,
Ukraina qanday pozisiyada turibdi va hududiy imtiyozlarga rozi bo‘ladimi.
Rossiyaning bunday takliflari Yevropa ittifoqi mamlakatlari tomonidan ham xavotir bilan kuzatilmoqda. Ular buni “tinchlik uchun hududlardan voz kechish” deb baholashmoqda. Ular Rossiya bilan tuzilgan bunday kelishuv barqaror bo‘lmasligini, Kreml uni buzishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Evropaning avvalgi tinchlik tashabbuslari esa natija bermagan — ular front chizig‘idan ancha uzoqda, faqat umumiy “ishonch missiyalari” bilan cheklangan va aniq kafolatlarsiz bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.