Nechta xonadonga gaz yetib bormayotgani ma’lum qilindi

Nechta xonadonga gaz yetib bormayotgani ma’lum qilindi

Ayni daqiqalarda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash bo‘yicha Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unga Administrasiya rahbari Sardor Umurzoqov raislik qilyapti.

Yig‘ilishda aytilishicha, gaz quvurlarida bosimning me’yordan pastligi sababli respublika bo‘yicha jami 462 ta mahalladagi qariyb 62 mingta xonadonga tabiiy gaz yetib bormayapti.

«Mana ikki kundan buyon hududlarda va mutasaddi vazirliklarda shtablar faoliyati ko‘rsatmoqda. Lekin, amaliy ishlar bilan birgalikda joylarda qator muammo va kamchiliklar hanuz kuzatilmoqda», dedi Umurzoqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!