Navoiyda aqlan zaif fuqaroning bo‘yniga arqon solib, azob bergan shaxs ushlandi (FOTO)

Navoiyda aqlan zaif fuqaroning bo‘yniga arqon solib, azob bergan shaxs ushlandi (FOTO)

Avvalroq Navoiy viloyatida aqlan zaif insonning bo‘yniga arqon solib, qiynashgani haqida xabar bergandik. Viloyat IIB bu haqda bayonot berdi.

"2021 yilning 23 yanvar kuni “Telegram” tarmog‘ining “Navoiy kanal” ida "Navoiy viloyati Navbahor tumani “Yangi-yo‘l” maxallasida yashaydigan 2-guruh nogironi SH.U aqli zaifligidan foydalanib bo‘yniga arqon bilan azob bergan” nomli videolavhasi tarqaldi.

Ushbu videolavhani o‘rganish davomida videolavhadagi shaxs haqiqatdan ham Navbahor tumani Yangi yo‘l maxallasida yashovchi, 2-guruh nogironi SH.U ekanligi hamda holat 2021 yilning 22 yanvar kuni soat 14:00 da Navbahor tumani Yangi yo‘l maxallasida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur videolavha fuqaro P.K tomonidan o‘zining yashash xonadonidagi molxonasida shunchaki hazil uchun olingani va do‘stlariga tashlagani, ijtimoiy tarmoqlarga qanday chiqib ketganligidan xabari yo‘qligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Navbahor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi bayonotda.  

Navoiyda aqlan zaif fuqaroning bo‘yniga arqon solib, azob bergan shaxs ushlandi (FOTO)

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!