Navoiyda 31 yoshli erkak rashk sabab mahalladoshini kaltakladi

Navoiyda 31 yoshli erkak rashk sabab mahalladoshini kaltakladi

Navoiy viloyati Karmana tumanida 31 yoshli erkak rashk sabab mahalladoshini kaltakladi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, 31 yoshli erkak akasi bilan birga taksistlik bilan shug‘ullanuvchi qo‘shnisining uyiga borib, uni kaltaklagan. Bunga esa xotini unga qo‘ng‘iroq qilib, haydovchi tegajog‘lik qilganini aytgani sabab bo‘lgan. Aniqlanishicha, jabrlanuvchi ba’zan uning ayolini ishxonasiga eltib qo‘ygan.

Kaltaklanish oqibatida og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi shu kuni tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hozirda davo muolajalarini olmoqda.

Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!