Navalniy butunlay o‘ziga keldi

Navalniy butunlay o‘ziga keldi

Germaniyaning “Sharite” klinikasida davolanayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, 7 sentyabr kuni komadan chiqqanidan so‘ng butunlay o‘ziga keldi.

Der Spiegel nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, u hushini yo‘qotishidan oldin sodir bo‘lgan voqealarni eslagan, uning salomatligi haqida “bunday vaziyatda kutish kerak bo‘lgan eng yaxshi holatdan ham yaxshiroq”, deb aytilgan? deydi "zarnews.uz".

Shifokorlar Navalniy salomatligi jismonan kamida 90 foiz taklanishini, ruhiy jihatdan deyarli tiklanib bo‘lganini ma’lum qildi.

“Navalniy o‘ziga kelganligi munosabati bilan “Sharite” klinikasini qo‘riqlayotgan polisiya xodimlari soni ko‘paytirildi”, deb yozmoqda Der Spiegel. Ma’lum qilinishicha, bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qilingan chora-tadbir. Shu bilan birga klinika vakillari ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi. Berlin polisiyasi vaziyatga oydinlik kiritishdan bosh tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!