NATO Harbiy qo‘mitasining yangi rahbari saylandi

Italiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Juzeppe Kavo Dragone NATO Harbiy qo‘mitasining yangi raisi etib saylandi.
Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi.
“2023 yil 16 sentyabrda NATO mudofaa vazirlari NATO Harbiy qo‘mitasining amaldagi raisi admiral Rob Bauerning mandatini yana olti oyga uzaytirishga va uning o‘rniga Italiya Mudofaa Bosh qo‘mondoni, admiral Juzeppe Kavoni Dragoneni saylashga kelishib oldilar”, - deyiladi bayonotda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, qaror 15-17 sentyabr kunlari Osloda bo‘lib o‘tadigan NATO Harbiy qo‘mitasining yillik konferensiyasida qabul qilingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)