NATO Boku va Yerevan o‘rtasidagi chegarani delimitasiya qilish bo‘yicha kelishuvni olqishlaydi

NATO Boku va Yerevan o‘rtasidagi chegarani delimitasiya qilish bo‘yicha kelishuvni olqishlaydi

NATO Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitasiya qilish bo‘yicha kelishuvlarni olqishlaydi.

Bu haqda NATO bosh kotibining Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Xaver Kolomina ma’lum qildi.

«Biz Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi 1991 yildagi Olmaota deklarasiyasi to‘g‘risidagi kelishuvni chegarani delimitasiya qilish bo‘yicha asosiy hujjat sifatida olqishlaymiz. Har ikki tomonning hududiy yaxlitligini tan olish asosiy tamoyil hisoblanadi. Bosh kotib Yens Stoltenberg mintaqaga tashrifi chog‘ida ta’kidlaganidek, NATO normallashtirish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Bir kun avval Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armaniston 1990 yillarning boshidan beri ishg‘ol ostida bo‘lgan to‘rtta Ozarbayjon qishlog‘ini qaytarishga rozi bo‘lganini xabar qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!