Natalya Seleznyova – «Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida!»

A A A
Natalya Seleznyova – «Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida!»

Uni ruslarning Katrin Denyovi deyishadi. Lekin aktrisaning o‘ziga bu taqqos yoqmaydi. Darhaqiqat, Denyov fransuzlarning Denyovi, Seleznyova esa o‘zimiz bilgan Seleznyova va unga o‘xshashi hech qayerdan topilmaydi! Mashhur "I" operasiyasi" va «Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi» filmlari orqali barchamizga yaxshi tanish Natalya Seleznyova 2016 yili 70 yoshini nishonladi. Ammo hamon jo‘shqin va serg‘ayrat bu ayol ommaning e’tiboridan tushmay ijod qilishda davom etmoqda. Bugun biz uchun hamisha «chiroyli va aqlli qiz Lida» bo‘lib qoladigan iste’dodli va go‘zal ayol tarixini bayon etamiz.

6 yoshlik aktrisa
U yoshini yashirmaydi, yosh ko‘rinishga urinmaydi, plastik jarrohlarga umuman yaqin yo‘lamaydi, labini silikonga to‘ldirib olmaydi, nabirasiga «Meni Natasha deb chaqir» demaydi, xullas, samimiy va tabiiyligini hech qachon yo‘qotmagan. Yana ayrim yulduzlarga o‘xshab sport zaliga borib ozgina shug‘ullanar-shug‘ullanmas suratga tushib, buni ommaga ko‘z-ko‘zlash odati ham yo‘q. Bir paytlar, yoshligida basketbol va tennisga qiziqib ko‘rgandi, ammo tez orada o‘zining sport uchun yaralmaganini angladi va aktyorlikni tanladi. Hozir iste’mol qilgan kaloriyalarining barini sahnada sarflaydi, zero mehnatkash va serg‘ayratlikda unga teng keladigani yo‘q. Shunga qaramay futbolga ishqibozligi bor, SSKA klubi muxlisi sanaladi.
Ko‘pchilik Natalyaning bolaligini baxtiyor va betashvish o‘tgan deb o‘ylaydi. Axir u Moskvada, ziyoli oilada dunyoga keldi. Otasi fotograf Igor Polinkovskiy va onasi – mashhur rassom Yelena Seleznyovaning yakkayu yagona farzandi edi-da. Ammo bu oilaga tirikchilik o‘tkazish oson bo‘lmaganini hamma ham bilmaydi. Kommunal kvartirada bir necha oila bilan birga yashash, ro‘zg‘ordagi taqchillik... Yoshligidan mehnatda tarbiyalandi, besh yoshligidanoq umumiy yo‘lak va zinalarni yuvib onasiga qarashardi. Ovqat qilishni ham juda erta o‘rgandi, tanishlari unga qo‘li shirin pazanda deb ta’rif beradilar.
Natalya aktrisalik faoliyatini 6 (!) yoshda boshladi. Bir kuni ko‘chada onasi bilan sakrab-sakrab chopqillab ketayotgan, unga biyron-biyron savollar berayotgan quvnoq qizchani teatr rejissyorlaridan biri ko‘rib qoladi va ota-onasi bilan teatrga sinovga kelishini aytadi. Shunday qilib yoshgina qizaloq Natasha «30 kumush tanga» spektaklida rol o‘ynay boshladi. Uni sahnada ko‘rgan daniyalik taniqli bolalar yozuvchisi Agniya Barto qizaloqni o‘sha paytda suratga olinishi rejalashtirilayotgan «Alyosha Ptisin xarakterini shakllantiradi» kartinasiga taklif etilishini ta’minlaydi. Filmda 8 yashar qizaloq o‘zidan talab etilgan obrazni a’lo darajada ijro etib beradi. Shu bilan uning taqdiri aniq bo‘ldi: bunaqa tajribadan keyin Natalyaning aktrisa bo‘lishi tayin edi.
Maktabni bitirgach, Natalya Shukin nomidagi teatr bilim yurtiga hujjat topshirdi.
U dramatik aktrisa bo‘lmoqchi edi. Bunga qat’iy ahd qilgandi. Shuning uchun kirish imtihoniga «Boris Godunov» asaridan Marina Mnishek monologini tayyorlab bordi va berilib ijro eta boshladi. Ammo... Avval hakamlardan biri yuzida tabassum paydo bo‘ldi, keyin bu kulgi boshqalarga ham ko‘chdi va aslida chuqur dramatik ma’noga ega monolog Natalya Seleznyova ijrosida qahqaha va olqishlar bilan qarshi olindi. Yo‘q, u obrazga juda yaxshi kirgandi, ammo jiddiy Marina Mnishek obrazi Natalyaning yosh bolalarnikidek mas’um va shirin chehrasiga hech yopishmagandi. Uni institutga qabul qilishdi, biroq unga dramatik emas, komik aktrisa ampluasini bashorat qilishdi va adashishmadi.

Ibo bilan…
«I operasiyasi» filmidagi «yaxshi qiz Lida» roli Seleznyovaga mashhurlikni olib keldi. Sinovlar payti Gayday Natalya borasida ko‘p ikkilandi, hatto filmda ko‘ylak yechish sahnasi bor deya aktrisani qo‘rqitmoqchi ham bo‘ldi. Ammo Seleznyova Lidani o‘ynashga qat’iy ahd qilgandi, shuning uchun rejissyor oldida cho‘milish kiyimida dadil paydo bo‘ldi. Shundan keyin Gaydayda hech qanday shubha qolmadi. Filmda Seleznevaning «echinishi» sahnasi shu qadar iboli va tabiiy chiqdiki, axloqiy masalalarga juda qat’iy qaraydigan badiiy kengash ham bir og‘iz e’tiroz bildirmadi.
Birdaniga kelgan mashhurlik Seleznyovani gangitib qo‘ymadi. U rol tanlashga juda mas’uliyat bilan yondashar, hadeb suratga tushishga ruju qo‘ymas, teatrda ishlab, mahoratini oshirishda davom etardi. Televideniyeda «13 stul» nomli komedik serial (hozirgi til bilan aytganda sitkom) suratga olina boshlandi va uni pani Katarina roliga taklif qilishdi. Bu aktrisa ijodidagi muvaffaqiyatli loyihalardan biri bo‘ldi. Loyiha bir necha yil davom etdi. Har bir seriyada Seleznyova rolni muvaffaqiyatli ijro etish bilan birga o‘sha payt Yevropa modasining eng yangi rusumlari bo‘yicha kiyinib chiqar, butun ittifoq ayollari unga taqlidan kiyinar va sochlarini turmaklardi. Ammo bir kun aktrisa kutilmaganda «qovun tushirib qo‘ydi». Bir dugonasi unga Parijdan chiroyli kostyum olib keldi, ammo yubkasi kalta – mini yubka edi. Natalya biroz o‘ylanib turdi-yu, tavakkaliga shu libosda kadrda paydo bo‘ldi. Oqibatda qattiq gap eshitdi va noto‘g‘ri o‘rnak ko‘rsatgani uchun gonoraridan mahrum etildi. Ha, Seleznyova ayollar uchun o‘rnak bo‘ladigan darajaga ko‘tarilgandi, bu darajaning esa o‘ziga yarasha mas’uliyati ham bor edi. Shundan keyin u har bir libosini o‘ylab kiyadigan, omma oldiga chiqishga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘ldi.
1990 yillardan boshlab aktrisaga rollar taklifi siyraklasha boshladi. Yangi zamon o‘zining yangi yulduzlarini kashf etdi. Ammo 2000 yillarning oxiriga kelib, Natalya Seleznyova ijodida uyg‘onish davri boshlangan. Unga yana ko‘plab rollar taklif etilmoqda. Lekin u hamon o‘sha-o‘sha — chertib-chertib rol tanlaydi.

Ekrandan hayotga ko‘chgan ertak
Turli mish-mishlarga qaramay Seleznyova ko‘z ochib ko‘rgan eri — rejissyor Vladimir Andreev bilan qariyb 50 yildan beri baxtli turmush kechirib kelmoqda. Albatta, shunday sohibjamolga maftun yigitlar ko‘p edi, lekin aktrisa o‘zidan 15 yosh katta hamkasbini tanladi. Seleznyovaning keyinchalik tan olishicha, bu bir boqishda yuzaga kelgan bir umrlik muhabbat edi. Ular rejissyor Viktor Xramovning «Kalif-laylak» nomli teleertagini suratga olish jarayonida uchrashib qoldilar. Unda 23 yoshli Natalya Malika, 38 yoshli Vlamir Andreev esa Shahzoda rolini ijro etdi. Bu ramziy ma’noga ega uchrashuv edi, zero Seleznyova shu kartina orqali hayotdagi shahzodasini ham topdi.
O‘g‘illarining tug‘ilishi bu ikki ijodkorni yanada yaqinlashtirdi. Biri ishga – suratga tushishga ketsa, ikkinchisi bola va uy ishlari bilan shug‘ullanar, doim bir-birini qo‘llashga intilishardi. Tanish-bilishlar bu juftlikka havas bilan qarardilar. Ular o‘rtasida bir-birini muxlislarga yoki shonu-shavkatga rashk qilish degan narsa umuman bo‘lmagan.
«Biz ijodkor, hissiyotga beriluvchan odamlarmiz. Ba’zan ovozimizni balandlatishimiz ham mumkin. Ammo ish janjalgacha borib yetmaydi, chunki biz bir-birimizni avaylaymiz. Oilada o‘zaro tushunish bo‘lmasa, er-xotin chegaradan chiqib ketishi mumkin, bu esa oila buzilishiga olib keladi», deydi aktrisa undan baxtli oilaviy turmush sirini so‘rashganida.
Seleznyova va Andreevning Yegor ismli o‘g‘li bor, ammo u san’atni emas, diplomatiyani tanladi, hozir oilasi bilan xorijda yashaydi. Aktrisa nabirasi Alyosha o‘zining izidan ketishiga umid bog‘layapti, chunki bolada iste’dod kurtaklari ko‘zga tashlanayapti.
Andreev ko‘plab kartinalarni suratga olgan, lekin birontasida ham Seleznyovaga rol nasib etmagan. Bu holatni aktrisaning o‘zi quyidagicha izohlaydi: «Biz ikki mustaqil ijodkormiz, o‘z yo‘nalishimiz bor. Turmush o‘rtog‘im meni ish bilan ta’minlash haqida hech qachon bosh qotirmasligidan xursandman, chunki shundoq ham menga takliflar yetib ortadi, hatto keng tanlov imkoniyatim ham bor. Avvallari do‘konlarda qo‘shib sotish aksiyasi bo‘lardi: etik oladigan bo‘lsangiz, vaza qo‘shib berilardi. Men Andreev uchun bunday vaza bo‘lishni istamayman».

Shahnoza To‘raxo‘jayeva


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Tramp Eron bilan muzokaralar fonida mem e’lon qildi

Расмда юқорисида Обама Теҳронга пул узатаётгани, пастда эса Трамп қирувчи самолётлар фонида тасвирланган.

Eron Ukrainani raketa zarbalari bilan tahdid qildi

Эрон расмийлари Украина Исроилга ёрдам бераётгани сабабли уни ракета зарбалари билан таҳдид қилди.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Belgiya Bosh vaziri: Rossiya bilan kelishuv yagona imkoniyat bo‘lishi mumkin

Европа Иттифоқи Украинадаги қуролли можарони ҳал қилиш бўйича Россия билан музокараларни бошлаши зарур.

Tramp nega Zelenskiyni «kelishish»ga chaqirmoqda?

Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda "gashish" sotayotganda ushlandi

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.

"Jonli konteyner": 410 gr. tillani ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqishga uringanlar fosh qilindi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, мазкур заргарлик буюмларининг жами қиймати 720 млн сўмни ташкил қилмоқда.

Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi, qurbonlar va yaradorlar bor

Маълумотларга кўра, ҳужумдан кўзланган асосий нишонлар Триполе ИЭС ҳамда Киевни Ривне АЭС билан боғловчи Наливайковкадаги подстанция бўлган.

Alimentdan qochgan otalar

Бюронинг Дўстлик тумани бўлими томонидан қидирув эълон қилинган қарздор Ш.Х. Тошкент вилояти Ўрта-Чирчиқ туманидаги кўмир омборларидан бирида топилди.

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Шу боис бундай ҳолатларнинг олдини олиш ва қонун устуворлигини таъминлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда.

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida narkojinoyatlar fosh qilindi

Ҳозирда қонунбузарларнинг барчасига нисбатан Жиноят Кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

ФВБ ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Erondagi mahalliy bayramda aholi AQSh hamda Isroil uchun ramziy tobutlar yasadi

Юришлар жараёнида айрим ҳудудларда портлаш товушлари эшитилган.

Yahudiylar maktabida o‘q uzgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Терговчилар жиноятнинг омилларидан бири — қасос бўлиши мумкин, деб ҳисобламоқда.

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Қутқарув экипажлари воқеа жойига соат 11:09 да етиб бориб, ёнғин соат 11:16 да қуршаб олинган ва 11:19 да тўлиқ бартараф этилган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.