Narimon Umarov ikki muddatdan ortiq bir lavozimda ishlamaydiganlar ro‘yxatini sanab o‘tdi

Narimon Umarov ikki muddatdan ortiq bir lavozimda ishlamaydiganlar ro‘yxatini sanab o‘tdi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yangilanayotgan Konstitusiya bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Senator Narimon Umarov so‘z olib, ikki muddatdan ortiq bir lavozimda ishlamaydiganlar ro‘yxatini sanab o‘tdi:

— Yangi Konstitusiya loyihasiga ko‘ra, davlat hokimiyatining bir qator lavozimlari, jumladan, Qonunchilik palatasi spikeri, Senat raisi, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlar kengashi raisi, hokim, oliy sud raisi va rais o‘rinbosari, sudyalar oliy kengashining raisi va o‘rinbosari, MSK raisi va bosh prokuror lavozimlariga ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!