Namanganda “Gentra” va “Cobalt” mashinalari avariyaga uchradi

Namanganda “Gentra” va “Cobalt” mashinalari avariyaga uchradi

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmatining xabar berishicha, 4R-112 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 93 km.da harakatlanib ketayotgan “Gentra” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan “Cobalt” avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, “Gentra” haydovchisi voqea joyida vafot etgan. “Cobalt” avtomashinasi haydovchi hamda yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Namanganda “Gentra” va “Cobalt” mashinalari avariyaga uchradi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!