Namanganda bo‘hton axborotlarni tarqatmaslik evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelayotgan bloger qo‘lga olindi

Namanganda bo‘hton axborotlarni tarqatmaslik evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelayotgan bloger qo‘lga olindi

Namanganda Telegram kanaliga yolg‘on va bo‘hton axborotlarni tarqatmaslik evaziga fuqarolardan pul talab qilib kelayotgan yangiqo‘rg‘onlik bloger tovlamachilik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro blogerni ustidan tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda Telegram’da rasmiy maqomga ega bo‘lmagan kanallardan birida 25-26 fevral hamda 2 mart kunlari shaxsiy rasmlarni joylagan holda turli xil bo‘hton, tuhmat ma’lumotlar tarqatayotgani va bu xabarlarni tarqatishda shu tumanda yashovchi blogerdan gumon qilib u bilan uchrashib suhbatlashganini bildirgan. Bloger esa kanal adminstratoriga aloqaga chiqib mazkur masalani hal qilib berishini va buning evaziga 600 dollar talab qilayotganini ma’lum qilgan.

Arizaga asosan Namangan IIB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidruv boshqarmasi hamda Yangiqo‘rg‘on IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida bloger o‘z xizmat xonasida arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 400 dollar va 1 150 000so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu bloger yana bir necha fuqarolardan ham salbiy axborotlarni kanalidan chiqarish evaziga pul talab qilib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zini bloger deya atab kelayotgan shaxs 2020 yil JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan. Firibgarlikdan tovlamchilikka o‘tgan ushbu shaxsga nisbatan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!