Namanganda 12 fuqaro zaharlandi. Ikkitasi vafot etdi

Namanganda 12 fuqaro zaharlandi. Ikkitasi vafot etdi

2020 yil 29-31 dekabr kunlari Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaxarlanish tashxisi bilan yotqizilgan. 

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan  To‘raqurg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!