Nahotki?! Bular dunyodagi eng chiroyli 5 ta ovoz!

Nahotki?! Bular dunyodagi eng chiroyli 5 ta ovoz!

Hayotimizdagi ba’zi tovushlar tinchlanishga, shirin xayollar surishga, o‘tganlarni yod olishga, kelajak haqida tasavvur qilishga yordam beradi. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan tovushlar sizga, aynan, shunday kayfiyat ulashishiga ishonamiz.

Yomg‘irning shitirlashi

Tomdagi yomg‘ir tovushi insonni tinchlantiradigan eng yaxshi tovushdir. Olimlarning ta’kidlashicha, bu ovoz olis o‘tmishdagi ajdodlarimizning bizga yo‘llayotgan “salom”i. Bunday deyilishiga sabab, yirtqichlar yomg‘irda ov qilishmaydi. Qadimda qabila bo‘lib yashagan odamlar esa yomg‘ir vaqtida biroz bo‘lsa-da, xavfdan holi bo‘lishgan. 

Shunga ko‘ra, yomg‘ir ovozi uxlashga yaxshi yordam beradi (ya’ni o‘tmishda xavfdan holi bo‘lgan odamlar, bemalol, uxlashgan). Shunday qilib, agar siz uxlashga qiynalayotgan bo‘lsangiz, ushbu kuy ostida mizg‘ib olishga harakat qiling.

Dengiz shovqini

Bu ovoz tabiiy tinchlantiruvchi hisoblanadi. Dengiz tovushidan asab kasalliklarini davolashda ishlatilishi ham bejiz emas. U hatto depressiyani davolay oladi.

Oqayotgan suv

Agar dengiz ovozini yoqtirmasangiz, uni boshqa har qanday suv tovushi bilan almashtirishingiz mumkin. Oqayotgan suvning har qanday shovqini asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Aytgancha, shuning uchun ham dizaynerlar uyda yoki idorada dekorativ sharshara o‘rnatishni tavsiya qilishadi.

Mushukning xurullashi

Mushuklarning xurullagan ovozi 20-40Hz oralig‘ida yangraydi. Aynan, shu chastota ultratovushning ijobiy ta’siriga o‘xshash terapevtik xususiyatga ega. Hattoki tibbiyotda bu ovoz stressga qarshi kurashishga yordam beruvchi felinoterapiya sifatida qo‘llaniladi.

Qor g‘ichirlashi

Qishni yaxshi ko‘rish uchun yana bitta yaxshi sabab bor – bu yangi yoqqan qordan yurganda chiqadigan tovush. Albatta, shaharda bunday toza, beg‘ubor qor topish oson emas. Shunday ekan, o‘zingiz uchun vaqt topib tog‘ yonbag‘irlariga sayohat qiling. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!