«MYu» hujumchisi Meyson Grinvuddan barcha ayblovlar olib tashlandi

«MYu» hujumchisi Meyson Grinvuddan barcha ayblovlar olib tashlandi

2022 yilning yanvar oyidan buyon jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotgan Meyson Grinvuddan barcha ayblovlar olib tashlandi.

BBC Sport xabariga ko‘ra, o‘zi bilan yaqin aloqada bo‘lgan qizni o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblangan «Manchester Yunayted»ning 21 yoshli forvardidan bugun, 2 fevral kuni barcha ayblovlar olib tashlangan. Bu haqda katta Manchester polisiyasi e’lon qilgan.

«2022 yilning yanvar oyida 21 yoshli erkakka nisbatan ochilgan jinoyat ishi tergov jarayonlaridan keyin to‘xtatildi. Bu ish OAVda keng yoritalayotgani inobatga olib, u jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qilamiz», - deyiladi polisiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik hujumchi bir yildan ko‘proq vaqtdan buyon «MYu» safidan chetlatilgan edi. U 2022 yilning 2 fevral kuni garov evaziga ozodlikka chiqarilgandi. O‘tgan yilning oktyabr oyida esa garov shartini buzgani – jabrlanuvchi qiz bilan aloqaga chiqqani uchun yana hibsga olingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!