"MYu" aniq harakatlarga o‘tmoqchi

"MYu" aniq harakatlarga o‘tmoqchi

"RB Leypsig" hujumchisi Benjamin Sheshko "Manchester Yunayted"ning transfer qiziqishlari ro‘yxatida qolmoqda.

"Qizil iblislar" uzoq vaqtdan beri Angliya Premyer-ligasining boshqa gigantlari qatori sloveniyalik futbolchiga da’vogarlar qatoridan joy olgan. Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati aniq harakatlarga o‘tishni rejalashtirmoqda - yozda klub "RB Leypsig" bilan futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. 20 yoshli forvard asosiy Rasmus Xoylund bilan asosiy tarkib uchun raqobatlashishi kutilmoqda.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Sheshkoning narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!