Bundan ikki yil oldin Mo‘ynoqda kazino qurilishi HAQIDAGI xabar aholi orasida ancha shov-shuv uyg‘otgandi. Vaholanki, kazino, deganda tasavvurimizda AQShning Las-Vegas shahri paydo bo‘ladi.
Xo‘sh, Mo‘ynoq ham qachonlardir o‘yin biznesi rivojlangan, tun-u kun hayot qaynab yotadigan shaharlar qatoriga qo‘shila oladimi? Bunday qarasangiz, o‘tmishdagi uyqash tasodiflar ular kelajagini ham bir trayektoriyaga burayotganday. Mana qarang, Las-Vegas ham, Mo‘ynoq ham 1931 yilda tashkil topgan ekan. Ikkalasi ham cho‘l hududda joylashgan. Sahro o‘rtasidagi hududni rivojlantirish oson bo‘lmagach, Las-Vegasda 1931 yilda o‘yin biznesiga ruxsat berib yuboriladi. Undan keyingi dinamika va bu shaharning bugungi kuni haqida gapirmasa ham bo‘ladi…
Mo‘ynoq bir vaqtlar sanoat, ayniqsa, baliqchilik bo‘yicha mamlakatning eng taraqqiy etgan hududlaridan biri bo‘lgan. Biroq dengizning ortga chekinishi bu yerdagi zavq-shavqni, tarovat va fayzni, odamlar turmushidagi xotirjamlig-u barakani ham tuzli qumliklar bag‘riga yutib ketdi… Bir paytlar qum barhanlariga tutash sohillar aro yangraguvchi baliqchi kemalarning uzun-qisqa «gudok»lari, baliqchilarning shodon hayqiriqlari bari bir zumda zulmatga singganday g‘oyib bo‘ldi. Mo‘ynoq nafaqat mintaqada, balki dunyodagi eng ekologik xavfli hududlardan biri deya tan olindi…
Aslida, Mo‘ynoq va umuman, bu hududda hayot izdan chiqqaniga ancha bo‘lgan. Ammo bu panja ortidan qaraladigan yoki o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qoladigan masala emas edi. Zotan, bu yerda minglab odamlarning taqdiri yotardi…
Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida ish boshlagan ilk kunlardanoq Orol muammosi oqibatlarini yumshatish, Mo‘ynoq tumanining iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan amaliy harakatlarni boshlab yubordi. Uch yil ichida tumanni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ikkita hujjat qabul qilindi. Mo‘ynoqda kazino qurish to‘g‘risidagi biznes loyihalar ham aynan ushbu hujjatlarda o‘z aksini topgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 2-ilovasida «Global project capital» (GPC) qo‘shma korxonasi tomonidan 1 milliard dollar evaziga Turizm komplekslari (mehmonxona va ko‘ngilochar dam olish markazlari, savdo markazlari va boshqalar) tashkil etish istiqbolli investisiya loyihasi sifatida kiritilgan. E’tibor bersangiz, bu yerda gap aynan kazino haqida ketayotganini anglaysiz. Qiyoslab ko‘ring – Mo‘ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish uchun davlat xazinasidan 1,5 trillion so‘m ajratilgan. «Ko‘ngilochar dam olish markazlari» va uning atrofida boshqa ob’ektlarni qurish uchun esa investorlar 1 milliard dollar mablag‘ tikmoqchi. Shtab-kvartirasi Londonda joylashgan «Global project capital» korxonasi biznes bo‘yicha maslahat beruvchi va loyihalarni moliyalashtiruvchi guruhdir. Keling, biz hozir boshqa jihatlarni chetga surib, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotimizda yangilik bo‘luvchi, biz doim taysallab, «G‘arbning chirkin qadriyatlari»dan biri sifatida qarab kelingan o‘yingoh-kazino va uning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni hamda bizning o‘ziga xos yumshoq landshaftli sharqona jamiyatga «joylashuvi» haqidagi «ko‘p burchakli» mulohazalarni nazardan o‘tkazsak…
Qonunchilikda taqiqlangan(mi?)
Kazino – qimor o‘yini. Bu esa O‘zbekistonda qonunan taqiqlangan. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasiga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan, ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash – yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, —
etti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
– eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Qimor o‘yini dinimizda taqiqlangan. Ammo, istisno tariqasida aytish kerakki, bu o‘yinga dinimiz yaralgan hudud – Arabiston yarim orollaridagi ko‘rkam Dubay shahrida turizmni rivojlantirish hisobiga qonunan ruxsat berilgan…
Nega kerak?
Maqolamiz boshida Las-Vegasning shiddat bilan rivojlanib ketishiga qimor o‘yinlariga qonunan ruxsat berilgani sabab bo‘lganini aytib o‘tgan edik. Darhaqiqat, bu kabi misollar juda ko‘p. Masalan, Monako davlatining «ikkinchi tug‘ilishi» ham aynan kazinoga bog‘liq. Yevropadagi ilk o‘yin uyi – Kazino-dyu-Monte-Karlo dunyoga «kazino» degan tushunchani tarqatgan muassasa sanaladi. Mamlakat ushbu o‘yin oldida qarzdor desa ham bo‘ladi. Chunki kazino XІX asrning oxirida iqtisodiy inqirozga uchragan mamlakatni bankrotlikdan qutqarib qolgan. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, Kazinoda faqat xorijliklar o‘ynashi mumkin. Monako fuqarolarining qimor o‘yinlarida ishtirok etishi taqiqlangan.
Mo‘ynoq tumani hududidan 20 barobar kichik bo‘lgan bu davlatga yiliga aynan kazino hisobiga 3 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Monakoning aholisi soni 40 mingga yaqin. Mo‘ynoqda esa 33 ming kishi istiqomat qiladi.
Agar kazinoga ruxsat berilsa, u shahar tashqarisida alohida markaz sifatida quriladi. Bu kabi o‘yin maydonlari Rossiya va Qozog‘istonda ham mavjud…
Qarordagi band nimani anglatadi?
Prezidentimizning 2020 yil 11 noyabrdagi «2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 8-bandida Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zona tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan. Unda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan turistik-ko‘ngilochar zonani tashkil etish yuzasidan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, amalga oshirilishini ta’minlash belgilangan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: turistik-ko‘ngilochar zona deganda kazino nazarda tutilmayaptimi? Ha! Aynan kazino nazarda tutilmoqda. Buni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov tomonidan tasdiqlangan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zonasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi («Yo‘l xarita»)» mazmunidan bilsa ham bo‘ladi.
«Yo‘l xarita»da Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zonasini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh hamda kichik ishchi guruhlar tasdiqlangan. Unga ko‘ra, Ishchi guruh tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari, Bosh prokuror o‘rinbosari va boshqalar kiritilgan.
Mazkur hujjatda tasdiqlangan Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinni legallashtirish va tegishli huquqiy-normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha kichik ishchi guruhga xorijiy davlatlarning tavakalchilikka asoslangan o‘yinlar, kazino va shu turdagi boshqa o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq qonun hujjatlarini hamda amaliy tajribani o‘rganish, shuningdek, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va shu turdagi boshqa o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq milliy qonunchilikni inventarizasiya qilish va natijasi yuzasidan takliflarni ishchi guruh kotibiga umumlashtirish uchun kiritish topshirilgan.
«Yo‘l xarita» bandlarida kazino biznesini elektron va real ko‘rinishda tashkil etish va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda ishtirok etish, pul o‘rniga maxsus jetonlar, fishkalar va boshqa to‘lov uslublarini qo‘llash bo‘yicha qoidalar va ularni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. «Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish ham e’tibordan xoli qoldirilmagan va nihoyat «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega bo‘lgan turistik-ko‘ngilochar zona tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.
Demak, O‘zbekistonda ilk bor kazino va shu kabi tavakkalchilikka asoslangan o‘yin hududlari Mo‘ynoqda tashkil qilinishi tobora ayonlashib bormoqda.
Esimxon QANOATOV,
«ISHONCH»
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.
Исроилнинг 13 июн куни амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида Натанзда жойлашган асосий ядровий заводидаги уранни бойитиш центрифугалари бутунлай йўқ қилинган бўлиши мумкин. АЭХА бу ҳодисани радиацион ва кимёвий ифлосланиш келтириб чиқарган жиддий авария сифатида баҳоламоқда.
АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсет Яқин Шарқдаги марказий ҳарбий округ ҳудудига қўшимча ҳарбий кучлар ва воситалар юборилишини маълум қилди. Бу қарор Америка қўшинларини ҳимоя қилиш мақсадида қабул қилинган.
Миср давлатига қарашли MENA ахборот агентлиги хабар беришича, бу қўшма баёнот 16 июнь куни, Миср ташқи ишлар вазири Бадр Абделатти ташаббуси билан, Яқин Шарқ, Шимолий Африка ва Жанубий Осиёдаги ҳамкасблари билан кенгашлардан сўнг эълон қилинган.
86 ёшли Олий раҳбар Оятулло Али Ҳоманаий борган сари яккаланаётгани кўзга ташланмоқда. Унинг асосий ҳарбий ва хавфсизлик маслаҳатчилари Исроилнинг ҳаво ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган, бу эса унинг яқин маслаҳатчилар доирасида катта бўшлиқ қолдириб, стратегик хато қилиш эҳтимолини оширмоқда.
Жиноятдан сўнг Зуев шериги билан бирга ўлдирилган одамнинг жасадини ўзига тегишли чорвачилик фермасида ҳайвонлар учун мўлжалланган кремация печида ёқиб юборган.
Исроил тарихидаги энг кўп хизмат қилган бош вазирнинг сиёсий фаолияти унинг шахсий миссияси — Исломий Республика Эрондан келаётган таҳдидлар ҳақида дунёга огоҳлик бериш билан белгиланган.
Шу билан бирга, Эрон расмийлари агар Тел-Авив агрессиясини тўхтатмаса, Теҳрон ҳарбий бўлмаган объектларни ҳам бомбардимон қилишни бошлаши мумкинлигини айтган
Бир вақтлар бутун дунёда имкониятлар юрти сифатида таниқли бўлган Америка Қўшма Штатлари энди айрим хорижликлар учун хавфли ва исталмаган жой сифатида кўрилмоқда.
Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг Эрондаги ҳокимият ўзгариши ва Исроилнинг ҳужумлари ўртасидаги боғлиқлик ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.
Бу ҳужум Украина чегарасидан қарийб 1000 км узоқда амалга оширилган. Украина Бош штабига кўра, ушбу заводда Эронда ишлаб чиқилган «Шаҳид» дронлари йиғилади, синаб кўрилади ва Украина ҳудудига, айниқса, энергетика ва фуқаролик инфратузилмасига қарши қўлланилади.
Ҳиндистонлик саноатчи ва Sona Comstar компаниясининг раиси Сунжай Капурнинг вафоти асалари чақиши натижасида юзага келган юрак хуружидан келиб чиққан бўлиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалди.
Франция президенти Эмманюуэль Макрон АҚШ президенти Дональд Трамп таклиф қилган Россиянинг Исроил ва Эрон ўртасида воситачилик қилиши ғоясига қарши чиқди.
Бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида К. Дусовга (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган, муқаддам судланган) оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни якунланиб, суд ҳукми эълон қилинди.
АҚШ 36 та давлат фуқаролари учун мамлакатга кириш чекловларини жорий этмоқчи. Бу ҳақда The Washington Post нашри давлат департаменти ҳужжатлари билан танишган ҳолда хабар берди.
The Washington Post нашри Исроил Эронга авиаҳужум уюштиришдан олдин қандай қилиб мамлакатнинг ҳаво мудофаа тизимини ва ракета қурилмаларини ишдан чиқарганини очиқлади.
Сўнгги уч кунлик Эрон билан тўқнашувлар давомида Исроилнинг машҳур ракетага қарши мудофаа тизими — "Темир гумбаз" (Iron Dome) — маълум заифликларни намоён қилди, деб ҳисоблайди таҳлилчилар.
Исроил ва Эрон якшанбага ўтар кечаси бир-бирига янги ҳужумлар уюштирди, шу билан бирга АҚШ Президенти Дональд Трамп бу можарони осонлик билан тугатиш мумкинлигини айтди ҳамда Эронни огоҳлантирди.
Эронда Ислом инқилоби муҳофизлари корпуси (ИИМК) ахборот тарқатиш фаолиятини кескин чеклаб, Исроил манфаатига хизмат қиладиган ҳар қандай хабар ёки ҳамкорлик ўлим жазоси билан жазоланишини эълон қилди. Бу баёнот маҳаллий ва халқаро журналистлар фаолиятини жиддий хавф остига қўяди.
Эрон ва Исроил ўртасидаги ҳарбий тартибсизликлар оқибатида Ўзбекистон авиакомпаниялари айрим парвозларни ўзгартириш ёки бекор қилишга мажбур бўлди. Хавфсизлик нуқтайи назаридан бир қатор давлатлар ҳаво ҳудуди вақтинча ёпилди.
Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.
Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.
Исроил “Ам Калави” операцияси доирасида Эрон ҳудудида махфий дрон (БПЛА) базасини яратди. Israel Hayom нашрининг хабар беришича, “Ам Калави” операцияси бир неча йиллар давомида тайёрланган.
Ёсир Абу-Шабоб раҳбарлигидаги гуруҳ ҲАМАСдан мустақил анклавни шакллантирмоқда. Исроил уни қўллаб-қувватламоқда, аҳоли эса хавфсизлик излаб шу ҳудудга кўчмоқда.
"Ўзэнергоинспекция" Андижон вилоят ҳудудий бошқармаси томонидан энергетика объектларида олиб борилаётган таъмирлаш ишларида инсон ҳаёти учун хавф туғдириши мумкин бўлган ҳолатлар ўрганилмоқда.
Жумладан, икки нафар ходим иш жараёнида эҳтиётсизлик қилиб, металл нарвонни «Анзур» фидерининг ҳаво электр узатиш тармоғига теккизган. Оқибатда уларни ток урган.
Сешанба куни Австриядаги ўрта мактабга уюштирилган ҳужум оқибатида 10 киши, жумладан ҳужумни уюштирган одамнинг ўзи ҳам ҳалок бўлди, яна 11 киши жароҳат олди.
АҚШда миллий гвардия қўшинлари энди Техас штатига ҳам киритилди. Бу қарор Лос-Анжелесда бошланган ва бутун мамлакатга ёйилаётган норозилик намойишлари туфайли қабул қилинди.
24–25 июн кунлари Нидерландиянинг Ҳаага шаҳрида ўтадиган НАТО саммити учун тайёрланган лойиҳа коммюникесида Украина ҳақидаги энг муҳими — аъзолик ва катта миқдордаги ёрдам масалалари умуман тилга олинмаган.
АҚШ иммиграция назорати хизматининг маълум қилишича, Италия фуқароси бўлган Хаби Лейм апрель ойидан бери мамлакат ҳудудида визада белгиланган муддатдан ортиқ қолган.