Mutaxassis koronavirusga qarshi vaksinani qo‘llash borasida muhim maslahat berdi

Mutaxassis koronavirusga qarshi vaksinani qo‘llash borasida muhim maslahat berdi

Koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan kuni spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kerak. Bu haqda, RIA Novosti xabariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh shtatdan tashqari mutaxassisi, narkolog Yevgeniy Brun xabar berdi.

"Menimcha, har qanday dori, shu jumladan emlash (koronavirusga qarshi) ham alkogolga mos kelmaydi, chunki bu, birinchi navbatda, toksik ta’sir ko‘rsatadi, immunitetni zaiflashtiradi va emlashning "kuchini kesadi", – dedi u.

Avvalroq, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga olgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!