Munisa Rizayeva: "Shunday dahshatli tunlar ham keladiki..."

Munisa Rizayeva: "Shunday dahshatli tunlar ham keladiki..."

Xonanda Munisa Rizayeva instagramdagi sahifasida ko‘ngil kechinmalarini yozib qoldirdi.

Ba’zan sen hamma narsani yo‘qotgandekka o‘xshaysan. Shunday kunlar keladiki, sen oddiy bo‘shliqqa juda ko‘p kuch va vaqt sarflaganingni tushunasan. Agar insonda sevgi va mehr bo‘lmasa, u ham bir bo‘shliqqa o‘xshaydi. Shunday dahshatli tunlar ham keladiki, yurak azobdan siqiladi, sababi siz yaqin deb bilgan insonlar aslida hech qachon sizga yaqin bo‘lmaganlar. Ular faqatgina o‘z rollarini bajarib, sening yordamingdan keragidan ortiq darajada foydalanib bo‘lgach, oxirida senga loy otib orqalarini o‘girib ketganlar. Ba’zan hayoting tugaganga o‘xshaydi. Yo‘q, o‘lim kelgani uchun emas, balki oxirgi umid so‘ngani uchun. Ana o‘shanda, iltimos, nafas olishdan to‘xtama! Bilginki, ko‘kragingda yuraging qush misoli pitirlab urib turgan bo‘lsa, sening hayotingda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Va yaxshi narsalar, shubxasiz, bir necha bor yana sodir bo‘ladi. Baxt, albatta yana kulib boqadi!, deya yozadi xonanda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!